10:07 / 13.03.2018
19663

Ukraina Qrimga parvoz qilgan Rossiya aviakompaniyalarini 205 mln dollarlik jarimaga tortdi

Foto: Aleksey Malgavko/RIA «Novosti»

Ukraina davlat aviatsiya xizmati 2015 yildan beri Rossiyaning 40dan ortiq aviakompaniyasini 5,44 mlrd grivna (205 mln dollar)lik jarimaga tortdi. Ular Qrimga reyslarni amalga oshirgan, deb xabar bermoqda UNIAN mamlakat davlat aviatsiya xizmati ma'lumotlariga asosan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Ukraina davlat aviatsiya xizmati mamlakat havo hududining har bir buzilishi, xususan, Qrimga parvoz uchun taxminan 5 ming dollarlik jarima belgilamoqda.

Mahkama vakillari so‘zlariga ko‘ra, jarimalar Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qaroriga muvofiq belgilangan.

Mavzuga oid
Top