10:17 / 14.03.2018
9594

AQShda Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida e'lon qilish taklif etildi

Foto: epa/vostock-photo

AQSh senatining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a'zosi, demokrat Robert Menendesning ma'lum qilishicha, Rossiyaga qarshi kimyoviy qurol bo‘yicha sanksiyalar joriy etish lozim. Shuningdek uning bildirishicha, ushbu davlatni GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishi tufayli terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida e'lon qilish kerak. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Tramp ma'muriyati Shimoliy Koreyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida e'lon qildi, bu Kim Chen Inning qarindoshi zaharlanganidan so‘ng ro‘y berdi. Ma'muriyat ushbu bayonot Rossiyaga ham tegishli mumkin ekanini ko‘rib chiqishi lozim», - deya aytib o‘tdi Menendes.

Siyosatchining ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar 1991 yilda kimyoviy va biologik qurolni yo‘q qilish ustidan nazorat to‘g‘risida qonunni qabul qilgan, unga ko‘ra, shunday quroldan foydalanuvchi mamlakatlarga qarshi sanksiyalar qo‘llash kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik senator Jon Makkeyn Rossiya prezidenti Vladimir Putin GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalga uyushtirilgan hujum uchun mas'ul ekani haqida ma'lum qilgandi.

Top