09:00 / 14.03.2018
17722
Reklama

Artel va Coca-Cola hamkorlikni boshlashdi

Artel vitrina sovutkichlari yuqori sifat va ishonchliligi bilan ajralib turadi va barcha dunyo standartlariga javob beradi. Aynan shu sababli, xalqaro yaxna ichimliklar ishlab chiqaruvchi Coca-Cola korxonasi Artel bilan shartnoma tuzdi.

Coca-Cola dunyodagi eng katta uyushmalardan biridir. Coca-Cola yozning issiq kunlarida har bir iste'molchi yaxna ichimlik bilan ta'minlanishi uchun, hatto eng jazirama kunlarda ham pand bermaydigan, eng ishonchli sovutkichlarni tanlaydi. Artel innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish sohasida yetakchi o‘rinni egallaydi hamda Markaziy Osiyoning eng yirik maishiy texnika va elektrotexnika ishlab chiqaruvchi korxonasi hisoblanadi. Ikki yirik korxona o‘rtasidagi kelishuv, Prezidentimiz tashkillashtirilgan dasturi muvaffaqiyatli amalga oshayotganini bildirib turibdi.

Artel vitrina sovutkichlari – biznesingizni rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shuvchi a'lo yordamchi. Artel vitrina sovutkichlarining ichki qismi juda keng, yorug‘ va shunday tuzilganki, ularga joylashtirilgan mahsulot juda ham ko‘rkam tus oladi.  Ushbu sovutkichlar 300 litrdan 400 litrgacha bo‘lgan hajmga ega. 

Vitrina sovutkichlarining eshikchalari alyuminiydan yasalgan, shishasi esa toblangan. Ushbu shisha turli xil zarblarga bemalol chidaydi. Shuningdek, Artel vitrina sovutkichlariga ishonchli qulflar o‘rnatilgan. Lozim bo‘lganda, sovutkichni qulflab bemalol o‘z ishlaringiz bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Artel vitrina sovutkichlariga ikki yuzdan ortiq 500 ml hajmdagi va to‘rt yuzdan ortiq 330 ml hajmdagi ichimliklar bemalol sig‘adi.

Foto: Artel 

Artel vitrina sovutkichlarining energiya samaradorligi juda ham baland, quvvati yuqori, sifati esa Yevropa standartlariga butunlay javob beradi. Ushbu sovutkichlarga butun dunyoga o‘z sifati va ishonchliligi bilan tanilgan Embraco kompressorlari o‘rnatilgan.

Foto: Artel 

Artel vitrina sovutkichlarining tovushi juda ham past,  shu sababli ular har qanday do‘konga a'lo darajada mos keladi. Dunyoning eng yirik yaxna ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri bo‘lgan Coca-Cola bilan tuzilgan kelishuv, Artel mahsulotlarini sifati juda ham balandligini yana bir bor isbotlaydi.

Foto: Artel 

Artel korxonasi o‘z mahsulotlariga uch yil to‘liq bepul kafolat beradi. Sotib olingan mahsulotni kafolat bo‘yicha ta'mirlash yoki ehtiyot qismini almashtirish uchun O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat ko‘rsatayotgan 30 ta servis markazidan biriga murojaat qiling.  

Foto: Artel 

Qo‘shimcha ma'lumot uchun (+99871) 150−99−88 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Artel rasmiy sahifasiga tashrif buyuring: http://www.artelgroup.org

Reklama huquqi asosida

Top