14:18 / 14.03.2018
25922

Bunyodkor ko‘chasidagi ko‘prik tagida yonib ketgan avtomobil haqida rasmiy ma'lumot berildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB poytaxtda 2018 yil 13 mart kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2018 yil 13 mart kuni soat 20:30larda Shayxontohur tumani Bunyodkor ko‘chasi "ko‘prik osti yo‘lida" 1987 yilda tug‘ilgan N.S. harakat davomida “Neksiya” rusumli avtomobilning rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ketib, 1967 yilda tug‘ilgan A.F. boshqaruvidagi “Matiz” va 1987 yilda tug‘ilgan U.J. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobillari bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

To‘qnashuv oqibatida haydovchi N.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobil yongan. 

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ta'kidlanishicha, hodisada jarohatlanganlarni tibbiy muassasaga yuborish choralari ko‘rilgan.

Top