14:31 / 14.03.2018
4411

Google kriptovalyutalar reklamasini taqiqlaydi

Foto: Reuters

Google joriy yilning iyunidan kriptovalyutalar reklamasiga taqiq joriy etadi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.

«Joriy yilda biz reklamaga nisbatan siyosatning qator bandlarini yangiladik. Bu binar opsionlar, kriptovalyutalar, xorijiy valyuta bozorlari kabi tartibga solinmaydigan yoki spekulyativ moliyaviy mahsulotlarga aloqador», - deya ma'lum qilishgan kompaniyadan.

Aniqlik kiritilishicha, ko‘rsatilgan mahsulotlar kompaniya tomonidan sertifikatlanganidan so‘ng reklama qilinishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Facebook ham kriptovalyutalar reklamasini taqiqlashi xabar berilgandi. 

Top