Join KUN.UZ Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish
x
Skripal ishi. Vaziyatga NATO bosh kotibi ham aralashdi
10:04 / 14.03.2018
12669
Фото: Vegard Wivestad Groett/NTB Scanpix/Reuters

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning Britaniya TIV rahbari Boris Jonson bilan suhbat chog'ida ma`lum qilishicha, Buyuk Britaniyaning GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishida Rossiya izi bor ekaniga oid xavotirlarini to'la qo'llab-quvvatlaydi. Bu haqda mahkama saytida xabar qilinadi.

«TIV rahbari NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan suhbatlashib, NATO mamlakatlari Rossiya tomonidan kelayotgan tahdid oldida birdam bo'lishi muhim ekanini ta`kidlab o'tdi. Bu tahdid nafaqat Buyuk Britaniya, balki bizning NATO bo'yicha ittifoqchilarimizning xavotiriga ham sabab bo'lmoqda», - deya xabar qilinadi saytda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq amerikalik senator Jon Makkeyn Rossiya prezidenti Vladimir Putin GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalga uyushtirilgan hujum uchun mas`ul ekani haqida ma`lum qilgandi. 

Top