23:50 / 14.03.2018
9011

Superliganing yana bir o‘yini boshqa joyga ko‘chirildi

Foto: KUN.UZ

Superliganing 3-turidan o‘rin egallagan «Metallurg» – «Qo‘qon-1912»  o‘yini Olmaliqqa ko‘chirildi, deb xabar beradi bekobodliklar sayti.

Bu bellashuv 16 mart kuni Bekobod shahrida o‘tkazilishi lozim edi. Biroq, endi shu kuni Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. 

«Metallurg» klubi sayti o‘yinning nega boshqa shaharga ko‘chirilgani haqida yozmagan. 

Avvalroq, «Qo‘qon-1912» klubi stadioni mavsumga tayyor emasligi sababli, 2-turdan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912» - «Qizilqum» o‘yini Navoiyga ko‘chirilgan edi.

Mavzuga oid
Top