10:48 / 14.03.2018
6053

Toshkentda «Gazprom» vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: "Vedomosti".

Toshkentda «Gazprom» vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi, deya xabar beradi Spot «O‘zbekneftgaz»ga asosan.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlarning natijasi va bugungi holatini muhokama qildilar, ishchi guruhlarning ma'ruzalari tinglandi va kelgusidagi faoliyat uchun ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.

Ma'lum bo‘lishicha, «Gazprom» geologiya-geofizika materiallarini istiqbolli sarmoyaviy bloklar sifatida o‘rganishning faol bosqichini boshladi; muhandislik-innovatsion markaz konsepsiyasini ishlab chiqdi.

Top