10:14 / 15.03.2018
15486

AQSh BMTda Xitoy va Rossiyaning bayonoti loyihasini bloklab qo‘ydi

Foto: REUTERS/Mike Segar

AQSh BMTda Rossiya va Xitoy tomonidan taklif etilgan, Koreya yarim orolidagi ijobiy o‘zgarish haqidagi Xavfsizlik kengashi bayonoti loyihasini bloklab qo‘ydi. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi vakili Fyodor Strjijovskiy xabar bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Koreya yarim orolidagi vaziyatga yechim topish jarayonini qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘lgan hujjat haqida ketmoqda, u Xitoy, AQSh va Janubiy Koreya vakillari o‘rtasida yuqori darajada muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risidagi kelishuvlarga asoslangan edi. 

«AQShning Rossiya-Xitoy tashabbusi ishini BMT XK a'zolari o‘rtasida hech qanday muhokamasiz to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha qarori Vashingtonning Koreyalararo munosabatlardagi iliqlashuv fonida asl maqsadlari to‘g‘risida turli savollar keltirib chiqaradi», - deya ma'lum qilgan Strjijovskiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroparlament KXDR bilan maxfiy muzokaralar o‘tkazganini tan olgani xabar berilgandi.

Top