00:20 / 15.03.2018
8911

Chempionlar Ligasi. «Bavariya» qiyinchiliksiz chorakfinalga chiqdi

Foto: Twitter/@ChampionsLeague

Chempionlar Ligasida nimchorakfinal javob o‘yinlari davom etmoqda.

«Beshiktosh» o‘z maydonida «Bavariya»ni qabul qildi va 1:3 hisobida yutqazdi. Natijada, myunxenliklar chorakfinal yo‘llanmasini osonlikcha qo‘lga kiritishdi. Dastlabki o‘yinda ular 5:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

Chempionlar Ligasi, 1/8 final, javob o‘yini 
Beshiktosh Turkiya – Bavariya Germaniya 1:3 (0:1, 1:2)
14 mart, «Vodafon-Arena» 
Gollar: 0:1 – 18 Alkantara, 0:2 – 46, avtogol Go‘nul, 1:2 – 59 Vagner Lav, 1:3 – 84 Vagner. 
Beshiktosh – Zengin, Medel, Erkin, Go‘nul, Kuarejma, O‘zyoqup, Arslon (Xatchinson, 60), Uysal, Lens (Taliska, 60), Pektemek, Vagner Lav (Babel, 75).
Bavariya – Ulrayx, Xummels (Zyule, 46), Boateng, Alaba, Martines, Vidal, Alkantara (Xames, 35), Riberi, Rafinya, Myuller, Levandovski (Vagner, 68).
Ogohlantirishlar: Xummels (37), Boateng (42), Rafinya (63), Xatchinson (64), O‘zyoqup (71).
Dastlabki o‘yin 0:5

Top