14:17 / 15.03.2018
17168

Chempionlar Ligasida haftaning eng chiroyli gollari e'lon qilindi

UYeFA Chempionlar Ligasida haftaning eng chiroyli goli muallifi bo‘lishga nomzodlarni e'lon qildi.

Sovringa «Barselona» hujumchilari Lionel Messi va Usmon Dembele («Chelsi»ga (3:0) qarshi o‘yindagi gollar),

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala («Tottenhem»ga (2:1) urgan goli),

«Bazel» futbolchisi Mixael Lang («Manchester Siti»ga (2:1) urgan goli)

«Sevilya» hujumchisi Vissam Ben Yyedder («Manchester Yunayted» (2:1) darvozasiga urgan goli) nomzodlik qilmoqda.

G‘olib nomi UYeFA saytida o‘tkaziladigan so‘rovnomadan so‘ng aniqlanadi.

Top