20:00 / 15.03.2018
45562

Dubay amiri Al Maqtumning qizi mamlakatdan qochib ketdi  

Dubay amiri, BAA bosh vaziri va vitse-prezidenti Muhammad bin Rashid Al Maqtumning qizi o‘zi bilan biror-bir noxush hodisa yuz berishi ehtimoliga video qoldirgan holda BAAdan qochib ketdi. Bu haqda New York Post nashri xabar bermoqda. 

Malika videoda arab davlatida normal hayot kechira olmasligi sababli qochishga qaror qilganini ma'lum qilgan.

Videodagi 33 yoshli malika Latifaning aytishicha, u Al Maqtumning 30 farzandidan biri hisoblanadi. Uning aytishicha, u qochayotgan sabab tufayli uning opasi ham mamlakatdan qochib ketgan: malikaga tanlash imkoniyati berilmagan, avtomobil haydash taqiqlangan va shaxsiy hayoti cheklab qo‘yilgan.

Malikaga mamlakatdan qochishda sobiq fransuz josusi yordam bergan, deb yozmoqda The Daily Mail. Taxminlarga ko‘ra, malika Hindistonning janubiy sohili yaqinidagi yaxtada yashirinmoqda va AQShda siyosiy boshpana topishga urinib ko‘radi.

Malika sohildan 50 km uzoqlikda bo‘lgan holda, o‘zining Buyuk Britaniyada yashovchi vakili Radx Sterlingga xabar jo‘natgan. Malika xabarda tashqarida shubhali odamlarni ko‘rgani va o‘q ovozlarini eshitgani sababli yordam so‘ragan. Sterling Latifadan otishmani yozib olishni so‘ragan, biroq malika unga javob bermagan.

Top