10:50 / 15.03.2018
10205

Qorako‘lchilik sohasi bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi 

Foto: AP

Qorako‘lchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq: 

2023 yil 1 yanvarga qadar qorako‘lchilik bilan shug‘ullanayotgan sub'yektlar va qorako‘lchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari qorako‘lchilik uchun zarur bo‘lgan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha import qilinadigan materiallar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etildi;

qorako‘lchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘i stavkalari 2023 yil 1 yanvarga qadar o‘zgarmaydi;

respublika hududida qorako‘l terisi va junini tayyorlash hamda xarid qilish “O‘zbekcharmpoyabzali” va “Qorako‘lchilik” uyushmalari tizimidagi korxonalar tomonidan oldindan 50 foiz bo‘nak (avans) to‘lash orqali amalga oshiriladi;

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inqirozga uchragan yaylov maydonlarining tiklanish davrida yaylov sifatida foydalanilmasligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi.

Shuningdek, “Qorako‘lchilik” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Buxoro viloyati hududida qorako‘lchilik bilan shug‘ullanayotgan korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish  loyihalarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka bo‘yicha 30 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratiladi.

 

Mavzuga oid
Top