03:02 / 15.03.2018
21097

Messi faoliyatidagi eng tezkor golni urdi

Chempionlar Ligasining 1/8 finalida "Chelsi"ga qarshi kechgan o‘yinda (3:0) "Barselona" futbolchisi Lionel Messi tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Messiga uchrashuvda hisobni ochish uchun ikki daqiqayu sakkiz soniya yetarli bo‘ldi. Shu tariqa, argentinalik hujumchi "Barselona" hamda Argentina terma jamoasi safidagi barcha rasmiy o‘yinlarni hisobga olganda, faoliyatidagi eng tezkor golni kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Top