16:20 / 16.03.2018
36325

Chempionlar ligasi chorak finaliga qur'a tashlandi

Bugun, 16 mart kuni Yevropa chempionlar ligasi chorak finaliga qur'a tashlandi.

Qur'adan oldin jamoalar savatchalarga ajratilmadi. Shuningdek, bu bosqichda qur'aga ko‘ra, bir mamlakat klublari o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin edi. Natijada, Angliyaning turnirda qolgan ikki jamoasi «Liverpul» va «Manchester Siti» o‘zaro bellashadigan bo‘ldi.

1/4 final juftliklari:

«Barselona» (Ispaniya) — «Roma» (Italiya)
«Sevilya» (Ispaniya) — «Bavariya» (Germaniya)
«Liverpul» (Angliya) — «Manchester Siti» (Angliya)
«Yuventus» (Italiya) — «Real Madrid» (Ispaniya)

1/4 finalning dastlabki uchrashuvlari 3 va 4 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi, javob uchrashuvlari – 10 va 11 aprel kunlariga belgilangan.

2017/2018 yilgi Yevropa chempionlar ligasi finali 26 may kuni Ukraina poytaxti Kiyev shahridagi «Olimpiyskiy» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top