14:13 / 16.03.2018
19312

«Anji» Dostonbek Hamdamov transferini e'lon qildi

Foto: fc-anji.ru

Maxachqal'aning «Anji» klubi O‘zbekiston terma jamoasi va «Bunyodkor» klubi yarimhimoyachisi Dostonbek Hamdamovni o‘z safiga qo‘shib olganini ma'lum qildi.

Klub rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra, «Anji» futbolchi bilan 1,5 yillik shartnoma tuzdi.

Hamdamov 2015 yil Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgandi. Bir yil oldin esa «Bunyodkor» safida O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritgan. Toshkentliklar safida Hamdamov 2014 yildan buyon 82ta o‘yin o‘tkazib 33ta gol urdi.

Mavzuga oid
Top