03:21 / 16.03.2018
13700

Yevropa Ligasi. "Borussiya" to‘xtatildi, TsSKA va "Arsenal" keyingi bosqichda

Foto: Getty Images

2017/18 yilgi Yevropa Ligasi 1/8 finalining navbatdagi javob o‘yinlari o‘tkazildi.

Kunning markaziy o‘yini Londonda "Arsenal" hamda "Milan" o‘rtasida kechdi. 

Birinchi o‘yinda o‘z maydonida mag‘lub bo‘lgan "Milan" javob o‘yinida ham ikki to‘p farqi bilan yengildi – 3:1. 

35-daqiqada Chalxanoglu mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Uelbek penaltidan unumli foydalanib, farqni yo‘qqa chiqardi. 71-daqiqada Jaka hamda 86-daqiqada Uelbekning gollari evaziga londonliklar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

"Arsenal" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:1 hisobida "Milan"dan ustun kelib, chorak finalga chiqdi. 

"Lion" o‘z maydonida TsSKAni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv mehmonlar hisobiga hal bo‘ldi – 2:3. 

9-daqiqada Golovin TsSKAni hisobda olib chiqqan bo‘lsa, 58-daqiqada Korne oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, mehmonlar Musaning goli evaziga yana oldinga chiqib olishdi. 65-daqiqada Vernblum farqni 2taga oshirdi. Diasning 71-daqiqada kiritgan goli mezbonlarga yetarli bo‘lmadi. TsSKA ikki o‘yindagi g‘alabaga evaziga chorak finalga yo‘l oldi. 

Yana bir o‘yinda "Borussiya Dortmund" "Red Bull" maydoniga safar qildi. Golsiz durang bilan yakunlangan o‘yin mezbonlar foydasiga ishladi – "Red Bull" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Arsenal Angliya – Milan Italiya 3:1

Gollar: 0:1 – 35 Chalxanoglu, 1:1 – 39, penalti Uelbek, 2:1 – 71 Jaka, 3:1 –86 Uelbek.
Arsenal – Ospina, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni (Chembers, 11), Remzi, Jaka, Uilsher, Ozil (Kolashinats, 79), Mxitaryan (El-Nenni, 69), Uelbek.
Milan – Donnarumma, Romanoli, Bonuchchi, Rodriges, Kessie (Lokatelli, 79), Montolivo, Borini, Chalxanoglu (Bonaventura, 70), Suso, Andre Silva, Kutrone (Kalinich, 67).
Ogohlantirishlar: Donnarumma (39), Romanoli (39), Chalxanoglu (40), Borini (42), Monreal(45), Suso (61).
Birinchi o‘yin – 2:0.

Lion Fransiya – TsSKA Rossiya 2:3 

Gollar: 0:1 – 39 Golovin, 1:1 – 58 Korne, 1:2 – 60 Musa, 1:3 – 65 Vernblum, 2:3 –71 Dias.
Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Marsal (Mendi, 70), Tete, Diakabi, Ndombele, Tuzar, Korne, Ferri (Maolida, 68), Depay (Traore, 66), Dias.TsSKA – Akinfeyev, Ignashevich, Berezutskiy (SHCHennikov, 46), Nababkin, Berezutskiy, Natxo, Kuchayev, Vernblum, Dzagoyev, Golovin, Musa (Vitino, 73).
Ogohlantirishlar: Nababkin (13), Musa (36), Dias (78).
Birinchi o‘yin – 1:0.

Red Bull Avstriya – Borussiya D Germaniya 0:0

Red Bull – Valke, Ramalo, Ulmer, Layner, Chaleta-Tsar, Edara (Yabo, 82), Shlager (Volf, 79), Samasseku, Berisha, Xvan Xi Chxan (Gulbrandsen, 66), Dabur.
Borussiya D – Byurki, Zagadu, Shmeltser, Pishchek, Papastatopulos, Daud, Kastro (Gerreyru, 62), Gettse (Filipp, 46), Shyurrle, Roys (Isak, 46), Batshuayi.
Ogohlantirishlar:
Papastatopulos (46), Xvan Xi Chxan (52), Berisha (63), Ulmer (87), Zagadu(89), Samasseku (90).
Birinchi o‘yin – 2:1.

Top