18:30 / 16.03.2018
7018

Iroqlik 18 yoshli yigit London metrosida terakt sodir etganlikda aybdor deb topildi

Foto: Global Look Press

Buyuk Britaniya markaziy jinoiy sudi iroqlik Ahmad Hasanni o‘tgan yilning kuzida London metrosidagi poyezdda terakt sodir etish davomida qotillikka urinishda aybdor deb topdi. Bu haqda Bi-bi-si xabar bermoqda.

2017 yilning 15 sentabr kuni London metropolitenining Parsons Green yer usti stansiyasidagi odamlar gavjum bo‘lgan poyezdda yuz bergan portlash oqibatida 30 kishi jabrlandi. Qo‘lbola portlovchi qurilmada metall bo‘laklar, burama mixlar va kichik tig‘lar ham bo‘lgan.

Yanvar oyida 18 yoshli Hasan jinoiy sudda ushbu jinoyatni sodir etganlik bo‘yicha o‘z aybini tan olmadi.

Mavzuga oid
Top