15:34 / 16.03.2018
25211

Toshkent yuridik kolleji sobiq direktorining jinoyat ishi bo‘yicha sud boshlandi

Foto: O‘zA

2018 yil 16 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida Toshkent yuridik kolleji sobiq direktori N.Temirovaning jinoyat ishiga oid sud jarayoni boshlandi, deb yozmoqda O‘zA. 

Ma'lumki, Toshkent yuridik kolleji o‘quvchilari dars vaqtida kollej hovlisida o‘zaro janjallashib, pichoqbozlik qilishi oqibatida ularning biri vafot etgani, biri esa og‘ir tan jarohati olgani ko‘pchilikning qalbini larzaga solgan edi. 

Prezident ham bu voqeaga e'tibor qaratib, kollej sobiq direktori Temirova ushbu holatga yo‘l qo‘ygani hamda juda ko‘p miqdorda kollej mablag‘larini o‘zlashtirish, mansabini suiiste'mol qilish kabi jinoyatlarni sodir etgani uchun bugun qonun oldida javob beryapti, deb qayd etgan. 

Sodir bo‘lgan mudhish voqeadan keyin Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur kollejda tekshirish o‘tkazdi. Natijada bu o‘quv maskanida boshqa jinoyatlar sodir bo‘layotgani ham aniqlandi va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. 

Mazkur jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblanayotgan N.Temirovaga nisbatan 2017 yil 25 noyabr kuni qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga oid
Top