23:18 / 17.03.2018
17126
42 yoshli Oksana Chusovitina navbatdagi oltin medalga sazovor bo‘ldi
Foto: Championat.asia

Jahon sporti afsonalaridan biri hisoblangan 42 yoshli o‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Boku shahrida o‘tkazilayotgan jahon kubogi bahslarida ishtirok etdi.

Chusovitina o‘zining sevimli yo‘nalishi hisoblangan tayanib sakrash mashqlarida 14,300 ball to‘pladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning eng yaqin ta'qibchisi hisoblangan mezbon sportchi Marina Nekrasova 13,833 ball jamg‘ara oldi. Uchinchi o‘rin esa sloveniyalik Tyas Kisselefga nasib etdi.

Ta'kidlab o‘tish lozimki, musobaqada 25 ta mamlakat vakillari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Oksana bir necha hafta oldin Xyustonda o‘tkazilgan musobaqada uchta oltin va bitta kumush medalini qo‘lga kiritgandi. 2017 yilda esa Chusovitina Boku, Doha va Kotbusdagi jahon kubogida, shuningdek, Ozarboyjondagi Islom birdamlik o‘yinlarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egallagandi.

Top