09:01 / 17.03.2018
27201

“Aviasozlar” bozori oldidagi janjal ayanchli yakun topdi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 2018 yil 12 mart kuni soat 18.30larda Oqdaryo ko‘chasida yashagan, muqaddam sudlangan, 1976 yilda tug‘ilgan N.B. uyida vafot etgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, N.B. "bosh miya yopiq jarohati, qon quyilishi” natijasida hayotdan ko‘z yumganligi aniqlangan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, 11 mart soat 16.00larda Yashnobod tumani Tuzel 3-daha 1-uyda yashovchi, xususiy tadbirkor, 1994 yilda tug‘ilgan X.Yo. “Aviasozlar” bozori oldida, o‘zaro janjal oqibatida, N.B.ning yuziga qo‘llari bilan urgan vaqtida, u boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olganligi va uyiga ketganligi ma'lum bo‘lgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida X.Yo. qo‘lga olingan.

Top