14:47 / 17.03.2018
44358

«Ilonlarni rom qiluvchi» mashhur shaxs kobra chaqishi tufayli vafot etdi

Foto: Getty Images

Malayziyada istiqomat qilgan va qutqaruv brigadasida ishlagan, «ilonlarni rom qiluvchi odam» sifatida mashhur bo‘lgan Abu Zarin Husin kobra chaqib olishi tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Free Malaysia Today xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, 33 yoshli erkak Bentonge shahrida uni o‘zi tutib olishga harakat qilgan kobra chaqib olgani tufayli shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning barcha sa'y-harakatlariga qaramay, u hayotdan ko‘z yumdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Husin qutqaruv xizmatida maxsus bo‘linmaga rahbarlik qilgan, u zaharli hayvonlarni tutish bilan shug‘ullangan. U, xususan, odamlarni ilonlarni to‘g‘ri tutishga o‘rgatib borgan.

Aniqlik kiritilishicha, 2015 yilda ham uni kobra chaqib olgan, biroq erkak ikki kun davomida komada qolganidan so‘ng o‘ziga kelgan.

Top