16:44 / 17.03.2018
6384

QQSning ortiqcha summasini qaytarish mexanizmi soddalashtirildi 

Foto: Fotolia

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarish mexanizmi soddalashtirildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi axborot xizmati.

Yangi tartibga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) ortiqcha summasini qaytarish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 5 ish kuniga qisqartirildi. Bundan buyon davlat soliq xizmati organi QQSning ortiqcha summasini soliq to‘lovchining arizasi kelib tushgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida qaytaradi.

Shu bilan birga bu jarayonga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishi nazarda tutilib, ariza soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida berilishi mumkinligi belgilandi.

Agarda QQSning ortiqcha summasini qaytarish to‘g‘risidagi ariza qog‘oz shaklida taqdim etilganda, unga ilova qilinadigan hujjatlar uch nusxada bo‘lishi kerak. Shu kunga qadar qog‘oz shaklidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar to‘rt nusxada taqdim etilar edi.

Top