21:41 / 17.03.2018
37081

Prezident “Samarqand Siti” qachon qurib bitkazilishiga oydinlik kiritdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident “Samarqand Siti” qachon to‘la qurib bitkazilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Pastdarg‘om tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand viloyati faollari va poytaxtdan kelgan mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilishda ishtirok etayotgan prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook’dagi o‘z sahifasida ma'lum qilgan.

- “Samarqand Siti” yil oxirida qurib bitkaziladi, - degan Sh.Mirziyoyev. – 2018-2019 yillarda Samarqandda 25ta zamonaviy mehmonxona quriladi. “Afrosiyob palas” mehmonxonasi kapital rekonstruksiya qilinadi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev salohiyati cheksiz bo‘lgan bu viloyatdagi mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayotganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 17 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi. Davlat rahbari ushbu tashrifi davomida viloyatda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishdi. Turli ziyoratgohlarda, biznes obektlarida bo‘ldi.

Top