13:20 / 18.03.2018
14975

Dostonbek Hamdamovning «Anji»dagi debyuti muvaffaqiyatli chiqdi

«Anji» o‘z maydonida «Tosno»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Maxachqal'aliklarning ikki goli ham Paul Anton hisobiga yozildi.

E'tiborli jihati, mezbonlar tarkibida Dostonbek Hamdamov asosiy tarkibda maydonga tushib, 71 daqiqa harakat qildi. Mehmonlar tarkibida Vagiz Galiulin to‘liq o‘ynadi.

«Rubin» o‘z maydonida «Spartak» klubiga 1:2 hisobida yutqazdi. «Krasnodar» kutilmaganda «Ufa» klubidan mag‘lubiyatga uchradi.

RFPL, 23-tur
17 mart

Anji – Tosno 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 17 Anton, 2:0 – 43 Anton. 
Anji – Budakov, Tetrashvili, Poluyaxtov, Brizgalov, Samardjich, Anton, HAMDAMOV (Bakayev, 71), Danchenko, Xubulov (Prudnikov, 86), Leskano (Kalmikov, 76), Budkovskiy.
Tosno – Yurchenko, Margasov (Nunu Rosha, 73), Chernov, Buyvolov, Dugalich, Poletanovich, Truyich (Makarov, 46), Jigulev, Galiulin, Pogrebnyak (Melkadze, 53), Rikardino.
Ogohlantirishlar: Makarov (48).

Krasnodar – Ufa 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 72 Paurevich. 

Rubin – Spartak 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 18 Xanni, 1:1 – 61 Noboa, 1:2 – 81 Luis Adriano.

Mavzuga oid
Top