23:44 / 18.03.2018
25435

Qur'on musobaqasida Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi

18 mart kuni «​O‘zbekiston Qur'on musobaqasi 2018»​ erkaklar o‘rtasida Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

18-19 mart kunlari Toshkent shahridagi «Navro‘z» tantanalar saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur musobaqaning birinchi kunida qorilarning nafis qiroati saroyda yangradi. Musobaqa natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrida tilovat bo‘yicha 18-25-yoshgacha erkaklar o‘rtasida Nizomiddin Ismoilov (1-o‘rin), Iskandarjon Ismoilov (2-o‘rin),  Mirg‘iyos Mirhosilov (3-o‘rin) g‘olib, deb topildi. Tilovat yo‘nalishida 26-40 yoshgacha erkaklar o‘rtasida Fayzirahmon Mamadjonov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yahyo Abdurahmanov va Yo‘ldoshali Karimov mos ravishda keyingi pog‘onada qayd etildi.

Foto: Mehrob.uz
Foto: Mehrob.uz

Musobaqaning Hifz yo‘nalishida 18-25 yoshlar o‘rtasidagi g‘olib qorilar orasida Habibulloh Ahmedov, Ne'matulloh Husniddinov va Islom Inog‘omov e'tirof etildi. Hifz yo‘nalishida 26-40 yoshdagi g‘olib qorilar Muhammad To‘rayev, Abdulaziz So‘fiyev  hamda Dovud Axunjanov, deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, 19 mart kuni «​O‘zbekiston Qur'on musobaqasi 2018»​ ayollar o‘rtasida Toshkent shahar bosqichi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Foto: Mehrob.uz
Foto: Mehrob.uz
Foto: Mehrob.uz
Top