08:56 / 19.03.2018
5824

Yaponiya bosh vaziri ham Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uchrashmoqchi – OAV

Foto: AP Photo / Ahn Young-joon

Yaponiya Janubiy Koreya hukumatidan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan oliy darajada uchrashuv o‘tkazishda yordam berishini so‘radi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Tona ilbo” nashri nomi aytilmagan manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.

“Yaponiya hukumati Koreya Respublikasidan bosh vazir Sindzo Abe va Koreya Mehnat partiyasi raisi Kim Chen In raisi uchrashuvini o‘tkazishda vositachi bo‘lishni so‘radi”, deb aytilgan nashrda.

Avvalroq ma'lum qilingandek, Yaponiya Shimoliy Koreya bilan ikki tomonlama muammolarni, jumladan munosabatlarni yaxshilash hamda ancha avval Shimoliy Koreya maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan yaponiyaliklar taqdiri borasida oliy darajada uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini istisno qilmayapti.

Avvalroq Yaponiya Pxenyan bilan hozircha gaplashishning mavridi emasligini aytib kelayotgandi. Biroq Janubiy Koreya va AQSh Pxenyan tomonidan taklif qilingan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagandan keyin Tokio ham Shimoliy Koreya bilan muloqot qilmoqchiligini ayta boshlagan. 

Mavzuga oid
Top