16:55 / 19.03.2018
4526

Apple o‘z MicroLED displeyini chiqarishni rejalashtirmoqda

Foto: EPA

Apple korporatsiyasi MicroLED istiqbolli texnologiyasidan foydalangan holda o‘z displeyini ishlab chiqmoqda hamda bir necha yildan so‘ng ishlab chiqarish jarayonini boshlamoqchi. Bu unga shunday turdagi ehtiyot qismlarni boshqa kompaniyalardan sotib olishni to‘xtatish imkonini beradi, deb xabar qildi Bloomberg agentligi.

MicroLED ekranlari nur tarqatuvchi yangi turdagi komponentlardan foydalanadi. Bu ingichkaroq va yorqin ekranlarga ega qurilmalarni yaratish, shuningdek, rang uzatishni yaxshilashga yordam beradi. Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, Apple’ning shunday ekranlarga ega qurilmalari kamida ikki yildan so‘ng sotuvga chiqadi. Agentlik taxminicha, avvaliga yangi turdagi displeylar bilan Apple Watch “aqlli soatlari” va shundan keyingina iPhone smartfonlari jihozlanadi.

Agentlikning ta'kidlashicha, Apple Samsung korporatsiyasi kabi raqiblari bilan kurashda ustunlikni qo‘lga kiritish maqsadida MicroLED texnologiyasini rivojlantirmoqda. 

Top