12:25 / 19.03.2018
4333

Federer yangi mavsumda ilk marta yutqazdi

Foto: Getty Images

Rojyer Federer Indian-Uellsdagi turnir finalida argentinalik Xuan Martin del Potroga yutqazdi – 4:6, 7:6(8), 6:7(2).

Shveytsariyalik tennischi o‘yin davomida 10 marta eys zarba, 5 marta ikkitalik zarba amalga oshirdi va bir marta raqibi boshlagan geymda g‘alabga erishdi. Del Potro 8 marta eys amalga oshirdi, 1 marta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi va 5 breyk-poyntdan 2tasini amalga oshirdi.

Hal qiluvchi partiyada Federer hisobni 5:4 ko‘rinishiga keltirgandi, ammo 3 matchboldan foydalana olmadi.

Rojyer 2018 yilda ilk marta yutqazdi. Bundan avvalroq u Australia Open turnirida va Rotterdamdagi turnirda g‘alaba qozongandi.

Del Potro qatorasiga ikkinchi turnirda g‘olib chiqmoqda. Indian-Uellsdan oldin u Akapulkodagi turnirda g‘alabaga erishgandi.

Mavzuga oid
Top