15:40 / 19.03.2018
57597

Lukoyl​ AYoQSh​ qachon va qayerda ochilishi ma'lum

20 mart kuni Toshkent shahrida Rossiyaning Lukoyl kompaniyasiga tegishli ilk avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, yangi AYoQSh Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Parkent va Temur Malik ko‘chalari tutashgan qismda joylashgan. Aniqlanishicha, Navro‘z ayyomi arafasida ushbu markaz ishga tushiriladi. Hozircha narxlar rasman ma'lum qilinmadi, ammo ular tijoriy shartlar asosida belgilanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Jizzakh Petrolium AYoQSh ishga tushirilgani, yangilangan narxdagi Ai-95, Ai-98 benzin turlari erkin savdoda paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Top