13:50 / 19.03.2018
40592

Shveytsariya haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartiruvchi dalillar

Shveytsariya haqida nimalarni bilamiz? Odatda Shveytsariya deganda ko‘z o‘ngimizga ishonchli banklar, ko‘p shokolad, eng yaxshi sut beruvchi sigirlar yashovchi Alp tog‘lari keladi. Biroq bular hammasi emas. Bu mamlakatda qurol haqidagi eng liberal qonunlar amalda ekani, poralar qonuniylashtirilgani, jarimalar esa fuqarolarning daromadlariga bog‘liq ekanini bilasizmi? Bu hali holvasi...

Quyida Shveytsariyani mutlaqo kutilmagan tomondan namoyon qiluvchi 9 dalil bilan bo‘lishamiz:

1. Prezident va poytaxtsiz mamlakat

Foto: Depositphotos/East News

Darhaqiqat, Shveytsariyada prezident va poytaxt yo‘q, lekin to‘rt davlat tili va fuqarolarning referendum yordamida parlament tomonidan qabul qilingan har qanday qonundan voz kechish huquqi bor. Mamlakat tarixida birorta millatlararo nizolar bo‘lmagan.

 

2. Qurol haqidagi eng liberal qonun

Foto: Pixabay

Aksariyat Shveytsariyani patsifistlar mamlakati deb hisoblaydi, chunki u har qanday harbiy nizoda neytralitet saqlaydi. Shunday bo‘lsa-da, erkaklar uchun 18 yoshdan boshlab harbiy xizmat majburiy. Erkak aholining aksariyati milliy armiya zaxirasida turadi, shuning uchun erkaklarning uylarida qurol bor va ular istagan vaqt uni qo‘llashga tayyorlar.

8 million kishilik aholiga 4 million dona qurol to‘g‘ri keladi (100 kishiga 50 ta). Shunga qaramay, Shveytsariya jinoyatchilik darajasi dunyo bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan biriga ega.

 

3. Bu mamlakatda pora qonun bilan musthakamlangan

Foto: Depositphotos

2017 yilda Shveytsariya korrupsiyaga faol qarshilik qiluvchi mamlakatlar reytingining 3-o‘rnidan joy oldi. Shunisi qiziqki, korrupsiyaga qarshi kurashdan ko‘ra, muayyan xizmat turi uchun to‘lov sifatida poralarni qonuniylashtirish g‘oyasi ham aynan shu mamlakatga tegishli.

 

4. Jarimalar daromadga bog‘liq

Foto: Depositphotos

Shveytsariya avtomobilda harakatlanish vaqtida tezlikni oshirganlik uchun jahon tarixidagi eng katta jarimani joriy qilgan davlatlardan biri. Mahalliy avtomobil egasi 290 km/s tezlikni qayd etib, 650 ming yevro miqdoridagi jarimaga tortilgan.

Gap shundaki, bu mamlakatda jarima hajmi aniq raqamlarda keltirilmagan, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoidabuzarning ish haqi miqdoriga bog‘liq. Qancha ko‘p pul topsangiz, shuncha ko‘p pul to‘laysiz. Shveytsariyada adolat tushunchasi ana shunday o‘ziga xos.

 

5. Shokolad — eng yirik eksport mahsuloti

Foto: Pixabay

Har yili Bernda 7 milliondan ortiq Toblerone shokolad plitkasi ishlab chiqariladi. Yaqinda esa Shveytsariyada shokoladning to‘rtinchi turi kashf qilindi.

Shveytsariyaning Valcambi firmasi shokolad plitkasi shaklidagi CombiBar oltin yombilarini ishlab chiqaradi. Bunday yombini osonlik bilan 1 grammlik bo‘laklarga bo‘lib, undan sovg‘a yoki to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkin.

 

6. Shveytsariya pichog‘i

Foto: Depositphotos

Shveytsariya armiya pichog‘i XIX asrning oxirida paydo bo‘lgan bo‘lib, aslida uning ertaroq paydo bo‘lgan prototipi ham bor. Kembrij muzeylaridan birida Qadimgi Rimda yaratilgan universal yig‘iluvchi asbob bo‘lgan. Uning tarkibiga qoshiq, sanchqi, shpatel, tish tozalagich va eng qizig‘i, ulitkalar go‘shtini ajratish uchun maxsus ship kiradi.

Shveytsar pichog‘ining Shveytsariyada ishlab chiqarilmaydigan yagona qismi - shtopor. U Yaponiyada tayyorlanadi.

 

7. Santa-Klausga ajoyib do‘sti hamrohlik qiladi

Foto: Instagram/lincalincalinca

Shveytsariya Santa-Klausining ismi - Samiklaus, u 6 dekabr kunlari bolalarni konfetlar, yeryong‘oq moyi va mandarinlar bilan siylaydi. U bir o‘zi kelmaydi, tashqi ko‘rinishi bilan boshqalarni cho‘chituvchi ahvolda keladi.

Bu insonning ismi Schmutzli bo‘lib, u so‘zma-so‘z "Kirlagan" deya tarjima qilinadi. Uning vazifasi - quloqsiz bolalarni tayoq bilan urish. Umuman olganda, yaxshi bo‘lishga va'da beruvchi bolalar jazodan qutulib qolishadi.

 

8. Ochiq osmon ostidagi mehmonxona

Foto: Instagram/nullstern_zerostarhotel

Shveytsariya Alpida egizak aka-uka Frenk va Patrik Riklinlar ochiq osmon ostida Null Stern mehmonxonasini ochishgan. Shift va devorlarsiz "xona"da bir kun tunash uchun 300 dollar to‘lash kerak bo‘ladi. Otel dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan. Bu yerda ikki o‘rinli karavotdan tashqari tumba va televizor bor.

Nomerning asosiy o‘ziga xos jihati — Shveytsariyaning manzarali joylaridan o‘rindan turmay zavqlanish mumkin. Egizak aka-ukalar bundan avval ham noodatiy otellar yaratishgan. Ularning ilk loyihasi bombadan himoyalovchi boshpanada, ikkinchisi esa - yadro bunkerida bo‘lgan.

 

9. Jyenevada kashtandagi ilk barg bahor darakchisidir

Foto: Wikipedia

Shveytsariyaning Jyenevasida mana 200 yildan ortiqdirki, hukumat derazalari ostidagi kashtanda birinchi barg chiqishi bilan bahor kelgani haqida maxsus farmon chiqariladi. Bahor ko‘pincha mart oyida boshlanadi, biroq favqulodda holatlar ham kuzatiladi, masalan, 2002 yilda daraxt 29 dekabrda yashil tus olgan. 2006 yilda esa bahor ikki marta kelgan: kashtan barglari avval martda, keyin esa oktabrda chiqqan.

2017 yilda Jyenevada bahor 11 mart kuni kelgan.

Mavzuga oid
Top