08:26 / 19.03.2018
5201

Van I yana Xitoy TIV rahbariga aylandi

Foto: Aly Song/Reuters

Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi deputatlari Van Ini Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimiga qayta tayinlashdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, vazirlar lavozimiga nomzodlar XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan tomonidan ilgari surilgan.

Avvalroq, Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi deputatlari Li Ketsyan nomzodini Xitoy Davlat kengashi rahbari lavozimiga ikkinchi muddatga ham ma'qullashgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top