10:10 / 20.03.2018
43427

18 yoshli qiz portlab ketgan smartfon tufayli halok bo‘ldi

Foto: Daily Mail

Hindistonda 18 yoshli qiz telefonda gaplashayotgan vaqtida smartfon portlab ketgani tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail xabar qilmoqda.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa Odisha shtatida yuz bergan. Uma Oram ismli qiz voqea yuz berganida smartfonni quvvatlantirish  uskunasiga ulagan va telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirgan.

Jabrlangan qiz shifoxonaga hushsiz holda, qo‘l, ko‘krak va oyoq jarohatlari bilan olib kelingan, keyinchalik u hayotdan ko‘z yumdi.

Ayni damda qurilmaning portlab ketishiga nima sabab bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda.

 

Top