18:35 / 20.03.2018
40439

«Nima qo‘rqyapsizlarmi?» - Savchenko kutilmagan videoni e'lon qildi

Internetda Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko tasvirlangan videoyozuv paydo bo‘ldi. Unda Savchenko shunday deydi: «Gumbur! Nima qo‘rqyapsizlarmi? Ular bizdan qo‘rqadi». 

«Ukrainskaya pravda» nashrining yozishicha, Savchenko videoyozuvda Oliy rada sessiya zali fonida turibdi, uning so‘zlaridan keyin esa «Nadejda Savchenko. Ukraina prezidentligiga nomzod» yozuvi paydo bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning Oliy radadagi vakili Irina Lutsenko payshanba kungi yig‘ilishda xalq deputati Nadejda Savchenko ishtirokidagi «shokka tushiruvchi videoni» e'lon qilishga va'da bergandi.

Mavzuga oid
Top