14:20 / 20.03.2018
13663

Polsha prezidenti Putinni saylovdagi g‘alaba bilan tabriklamaydi 

Foto: Clashot

Polsha prezidenti Anjyey Duda Vladimir Putinni prezidentlik saylovlaridagi g‘alaba bilan tabriklamaslikka qaror qildi. Bu haqda RMF FM efirida Polsha prezidenti kantselyariyasi boshlig‘i Kshishtof Shcherskiy aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Duda hozirgi payt tabriklar uchun qulay vaqt emas, deb hisoblaydi. Shuningdek, u Polsha prezidenti Putinga inauguratsiyadan so‘ng qutlov telegrammasini yuborishi mumkin ekanini istisno etmadi.

Avvalroq AQSh Oq uy rasmiy vakili Hogan Gidli idora rejalarida Vladimir Putinga qutlov qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirish bo‘lmagani haqida ma'lum qilgandi.

Top