10:20 / 20.03.2018
21235

Tojikiston prezidenti Nyu-Yorkka jo‘nab ketdi

Foto: © Sputnik / Aleksey Danichev

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon seshanba kuni Nyu-Yorkka amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Bu haqda ushbu davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Nyu-Yorkda Tojikiston prezidenti «Barqaror rivojlanish uchun suv» harakatlarining Xalqaro o‘n yilligiga bag‘ishlangan BMT tadbirlarida ishtirok etadi.

Kutilishicha, Imomali Rahmon amaliy tashrif doirasida BMT rahbariyati, xususan, BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Tashrif chog‘ida Tojikiston yetakchisiga tashqi ishlar vaziri, tashqi aloqalar bo‘yicha prezident yordamchisi va boshqa rasmiy shaxslar hamrohlik qilyapti.

Top