18:40 / 20.03.2018
8265

Ukraina Qatar bilan gaz bo‘yicha kelishib oldi

Foto: lngexports

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Qatar Ukrainaga suyultirilgan gaz yetkazib berishga tayyor. Bu haqda Poroshenkoning matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Biz Qatar bizga suyultirilgan gaz taqdim etishga tayyor ekaniga kelishib oldik», - deya aytib o‘tdi Poroshenko.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, Qatar suyultirilgan gazini yetkazib berish faqat Polshadagi terminal, shuningdek, Bosfor orqali turk yo‘nalishi orqali amalga oshishi mumkin.

Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu ish amalga oshadigan bo‘lsa, «mamlakat energetik xavfsizligini oshirish bo‘yicha noyob imkoniyatlar yuzaga keladi».

Top