17:30 / 20.03.2018
14748

O‘zbekiston fuqarolari 19 martdan Tojikistonga vizasiz safar qilishlari mumkin

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2018 yil 19 martdan boshlab  Tojikistonga vizasiz safar qilishlari mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati TIVga asosan xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018 yil 9 mart kuni Dushanbe shahrida imzolangan Fuqarolarning o‘zaro safarlari to‘g‘risidagi bitim 2018 yil 19 martdan kuchga kirdi.

Hukumatlararo bitimga muvofiq bu ikki mamlakat fuqarolari 30 kungacha vizasiz o‘zaro safar qilish huquqiga ega bo‘ldilar.                                                                          

Top