22:30 / 21.03.2018
55927

Alkatras: hech kim qochib qutilolmagan qamoqxona

Roppa-rosa 55 yil muqaddam, 1963 yilning 21 mart kuni jahonning eng dongdor qamoqxonalaridan biri — Alkatras yopilgan edi. Aynan shu kuni so‘nggi 27 nafar mahbus qamoqxona nomi bilan ataluvchi orolni tark etishadi. Materikdan dengiz suvidagi issiq va sovuq oqimlar bilan uzib qo‘yilgan orol, mahbuslar va umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlar uchun qat'iy sharoitlar — Amerikaning ushbu qamoqxonasi tarixga eng dahshatli qamoqxonalardan biri sifatida kirgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Alkatrasdan bir necha bor urinishlar bo‘lgan esa-da, hech kim qochib keta olmagan. 1962 yilda yuz bergan qochishdan so‘ng bir necha kishi dom-daraksiz yo‘qolgan va ular materik qirg‘og‘iga yetib bora olishgan yo yo‘qligi hanuzgacha noma'lumligicha qolmoqda.

Jahonning eng qattol qamoqxonalaridan birining ko‘rinishi Gazeta.ru fotogalereyasida aks etgan.

Alkatras orolining ko‘rinishi, 1933 yil / AP
Alkatrasdagi «B» blokdagi qamoqxona kameralaridan biri, 2009 yil / Robert Galbraith / Reuters
Soqchi Alkatras qamoqxonasi oshxonasiga kirish joyida turibdi, 1955 yil / Wikimedia Commons
San-Frantsisko fonida Alkatrasning ko‘rinishi, 1950 yil / AP
Gangster va Alkatrasga qamalgan mahbus Al Kapone, 1934 yil / Wikimedia Commons
Alkatrasdagi kuzatuv minorasi, 1956 yil / Bennett / AP
Al Kaponening rafiqasi Mey Alkatrasga erini ko‘rgani kelgan, 1938 yil / Wikimedia Commons
Alkatras orolining ko‘rinishi, 1934 yil / AP
Alkatras qamoqxonasi hududidagi jarrohlik xonasi, 1956 yil / Ernest K. Bennett / AP
1963 yilning 21 martida so‘nggi mahbuslar qamoqxonani tark etmoqda / Robert W. Klein / AP
Alkatras orolining San-Frantsiskodan ko‘rinishi, 2014 yil / Global Look Press
Alkatras qamoqxonasi fonidagi baliqchi qush, 2016 yil / Global Look Press

 

Mavzuga oid
Top