14:30 / 21.03.2018
20296

Bu Eronga ogohlantirish – Isroil

Foto: AP

Isroil razvedka xizmatlari ishi bo‘yicha vaziri Israel Katsning chorshanba kuni ma'lum qilishicha, yahudiylar davlati tomonidan 2007 yilda Suriyadagi yadro reaktorining yo‘q qilinishi – bu Eronga signaldir. Isroil Tehron yadro quroliga egalik qilishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi.

"Suriyada 2007 yilda bo‘lib o‘tgan amaliyot va uning muvaffaqiyati shundan darak berdiki, Isroil yadro quroli o‘ziga tahdid qilayotgan odamlarning qo‘liga tushishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi. Bu o‘shanda Suriya edi, endi esa – Eron", - deya vazirning bayonotini keltiradi Reuters agentligi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil 2007 yilda uning aviatsiyasi Suriyadagi yadro reaktorini bombardimon qilgani haqidagi ma'lumotni oshkor etgandi. «Isroil harbiy-havo kuchlari 5dan 6 sentabrga o‘tar tunda Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida, Damashqdan 280 milya shimoli-sharqdagi yadro obektini yo‘q qildi. U qurilishning so‘nggi bosqichida bo‘lgan. To‘rtta F-16 samolyoti nafaqat Isroilga, balki butun mintaqaga xavf solishi mumkin bo‘lgan atom tahdidini yo‘qqa chiqardi», - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top