Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi universitetda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan marosim vaqtida xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi. Reuters ma'lumotiga ko‘ra, portlash qurbonlari soni 29 kishini tashkil etgan, yana 52 kishi jarohatlangan.
Mamlakat Ichki ishlar vaziri Nusra Rahimiyning ma'lum qilishicha, terrorchi universitet oldidagi shialar mavzoyeyi ziyorati uchun to‘plangan odamlar ichiga o‘zini urib, portlashni amalga oshirgan.
Voqea joyida politsiyachilar va tibbiyot xodimlari ish olib borishmoqda. Hudud o‘rab olingan.
Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 5 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Retweeted TRT World Now (@TRTWorldNow):
— C A B U U D I🇸🇴 (@Somane01) March 21, 2018
The explosion occurred near a Shia shrine in the west of Kabul. The suicide bomber managed to breach tight security deployed to the area to protect civilians celebrating Nowruz pic.twitter.com/y7uvJ0VnG8