11:14 / 21.03.2018
9384

Myanma prezidenti iste'foga chiqdi

Foto: Reuters

Myanma prezidenti Txin Chjo lavozimida ikki yil ishlaganidan so‘ng iste'foga chiqishga qaror qildi.

Bu haqda Channel NewsAsia rasmiy bayonotga asosan xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, sobiq prezident «hozirgi majburiyatlaridan dam olish» uchun lavozimini tark etishga qaror qildi.

Txin Chjo o‘z lavozimini 2016 yilning martidan beri egallab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq myanmalik rohingyalarning Bangladeshga qochishi davom etayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Top