17:37 / 21.03.2018
12241

Rossiya yana «Tolibon»ni qo‘llab-quvvatlashda ayblandi

Foto: RIA "Novosti"

AQSh qurolli kuchlari va NATOning Afg‘onistondagi qo‘mondoni general Jon Nikolsonning «Qat'iy qo‘llab-quvvatlov» missiyasi Kobul shtabida chiqish qilib aytishicha, Rossiya va Eron «Tolibon» harakatini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda Afganistan.ru xabar berdi.

Xususan, qo‘mondonning ma'lum qilishicha, yuqorida nomi zikr etilgan ikki davlat jangarilarni o‘qitmoqda, shuningdek, ularga pullar va harbiy texnika taqdim etmoqda. Generalning taxminicha, Rossiya hamda Eron shu tariqa toliblarni IShID guruhiga qarshi kuch sifatida ko‘rmoqda.

Rossiyada har ikki guruh taqiqlanganiga qaramay, Moskva bir necha bor toliblarni qo‘llab-quvvatlashda ayblandi. RF TIV bu ayblovlarni rad etib kelmoqda, biroq shunday bayonotlar ham g‘arbdagi siyosatchilar, ham NATO qo‘mondonligi vakillari tomonidan berilmoqda.

Jon Nikolsonning o‘z chiqishida ma'lum qilishicha, Tehron va Moskva katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Generalning xabariga ko‘ra, Afg‘onistondagi IShID jangarilarining 80 foizi sobiq pokistonlik toliblar, qolgan 20 foizi – «O‘zbekiston islomiy harakati»dan chiqib kelganlar sanaladi.

AQSh qurolli kuchlari va NATOning Afg‘onistondagi qo‘mondoni ta'kidlashicha, mamlakat butun dunyo bo‘ylab IShID bilan kurash olib bormoqda, hamda guruh tomonidan kelayotgan terrorchilik tahdidiga yakun yasamoqchi bo‘lganlar bu sa'y-harakatlarni quvvatlashi kerak, deb xabar bermoqda «Pajvok» agentligi.

«IShID muammosidan xavotirda bo‘lganlar birgalikda harakat qilishimiz uchun biz bilan o‘z fikrlarini bo‘lishishi kerak, - deya ma'lum qildi general. – Ular toliblardan yordam kutmagani ma'qul». 

Top