10:22 / 21.03.2018
24214

Shavkat Mirziyoyev Navro‘z tantanalari bo‘lib o‘tayotgan “O‘zekspomarkaz”ga tashrif buyurdi  

Joriy yilda Navro‘z umumxalq bayrami asosiy tadbirlari Toshkentning “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bayram tadbiriga tashrif buyurdi. Prezidentga bosh vazir Abdulla Aripov, hukumat a'zolari hamrohlik qilyapti.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ko‘rgazmalar majmuasida har bir viloyat uchun alohida joy ajratilgan. Tadbirda ishtirok etish uchun respublika faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talabalar taklif etilgan. 

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident O‘zbekistonning turli viloyatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi, tadbirga kelgan oqsoqollar bilan muloqot qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili bayram tantanalari Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan edi.

Top