13:30 / 21.03.2018
30521

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi bayram tantanalariga yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Navro‘z bayramiga yetib bordi.

Shahardagi asosiy bayram Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida o‘tkazilmoqda.

Davlat rahbari bayram tadbirlarida viloyat jamoatchiligi, nuroniylar, ishlab chiqarish faollari, yoshlar bilan suhbatlashib, barchani bayram bilan yana bir bor tabrikladi. Samimiy suhbat chog‘ida mamlakatimizdagi islohotlar, odamlar hayotidagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Bugun Samarqandga Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ham kelib, bayram tadbirlarida mehmon bo‘lishi kutilmoqda.

Top