08:46 / 21.03.2018
13153

Trampning yordamchilari uni Putinga qo‘ng‘iroq qilmaslikka ko‘ndirmoqchi bo‘lishgan

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchilari uni Rossiya prezidenti Vladimir Putinni saylovlardagi g‘alaba bilan tabriklamaslikka ko‘ndirmoqchi bo‘lishgan. Bu haqda The Washington Post o‘z manbalariga asosan xabar qilmoqda. 

Ta'kidlanishicha, Tramp maslahatchilarining fikriga quloq tutmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha prezidenti Anjyey Duda Vladimir Putinni prezidentlik saylovlaridagi g‘alaba bilan tabriklamaslikka qaror qilgani xabar berilgandi.

Top