18:20 / 22.03.2018
43602

Alisher Usmonov endi boshqa mashhur klubni sotib olmoqchi

Foto: Getty Images

Italiyaning «Milan» klubi yangi rahbar qo‘liga o‘tishi mumkin. Bu haqda Libero nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, bu yangi xo‘jayin «Arsenal» klubida o‘z aksiyalariga ega bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov bo‘lishi mumkin. «Rossonerlar»ning amaldagi xo‘jayini Yonhong Li jamoani oyoqqa turg‘azish uchun «Elliott Menejment» fondidan kredit olgan va ularga ma'lum muddatda 303 million yevro to‘lab berishi kerak.

Usmonov fond rahbari Pol Singer bilan aloqalari yaxshi sanaladi, u «kanonirlar»ning ashaddiy muxlislaridan biri sanaladi. Agar xitoylik tadbirkor qarzlarini belgilangan muddatda (2018 yil oktabrgacha) to‘lay olmasa, «Milan» «Elliott Menejment» hisobiga o‘tishi ketishi mumkin. Shunday vaziyatda Usmonov Milan klubini sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Calciomercato.com sayti xabarida qayd etilishicha, Usmonov futbolga katta investitsiya kiritish haqida jiddiy bosh qotirmoqda. Shuningdek uning uchun zaxira varianti sifatida «Sevilya» klubi ham tilga olinmoqda.

Top