10:02 / 22.03.2018
9148

Bir oy ichida 2ta “Neksiya”. Jizzaxda fuqaroni katta pulga chuv tushirgan shaxs ushlandi

Foto: Illyustrativ foto/ GM Uzbekistan

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 10 mart kuni 1982 yilda tug‘ilgan F.G‘. IIBga murojaat qilib, 2017 yil 26 fevral kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani 23-dahada yashovchi, “Way Up International Trading” MChJ rahbari, 1986 yilda tug‘ilgan Sh.B. 1 oy ichida 2 ta “Neksiya” avtomashinasini olib berishini aytib, 53 million 630 ming so‘m pulini olib, shu kungacha bergan va'dasini bajarmay aldab kelayotganligini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.B. qo‘lga olingan.

Top