08:44 / 22.03.2018
13160

Eronda zilzila yuz berdi

Foto: Pixabay/Wikimedia Commons

Eron janubidagi Xo‘rmo‘zgon viloyatida 5,0 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar qilmoqda (USGS).

Zilzila markazi Fors ko‘rfazi sohilida joylashgan Bandar-Abbos shahridan 51 kilometr shimoli-sharqda bo‘lgan. Yer silkinishi o‘chog‘i 10 kilometrlik yer tubida bo‘lgani aytilyapti.

Hozircha ehtimoliy qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot yo‘q.

Mavzuga oid
Top