08:06 / 22.03.2018
8380

Yo‘l politsiyachilarini Facebook’da smurflar deb atagan shaxs jarimaga tortildi

Foto: The Lost Village

Avstriya tarkibiga kiruvchi Tirol federal yeri sudi mahalliy fuqaroni politsiyachilarni Facebook’da haqorat qilgani uchun jarimaga tortdi. U tezlikni buzish bo‘yicha jarima haqida ogohlantiruvchi yozuvlardan biriga qoldirilgan izohda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini «lazerga ega ikki smurf» deb atadi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.

Sudga shikoyatni izohni Facebook’da o‘qigan politsiyachi berdi. Mahalliy sud bu yozuv «politsiyaning ikki xodimi xatti-harakatiga qarshi bo‘lgan va jamoatchilikda norozilik uyg‘otishga qaratilgan» degan qarorga keldi. Jarima miqdori – 160 yevro.

Tirolning Tiroler Tageszeitung gazetasi yozishicha, erkak o‘z izohini shunchaki hazil deb baholaydi. Uning fikricha, bu haqorat emas va u mintaqaviy politsiya boshqarmasida o‘z huquqlarini himoya qilmoqchi.

Mavzuga oid
Top